← Arxiv

Bitcoin·

2011-yilda Kevin ismli treyder qariyb 260 000 BTCni atigi $3000 ga sotib oldi — Mt.Gox birjasi buzib kirilgach, narx bir necha daqiqaga 1 sentgacha qulagan paytda.

U faqat 643 BTC ni yechib olishga ulgurdi: birja oʻchib qoldi va bitimlarni bekor qildi. Bugun oʻsha 260 000 BTC taxminan $19 mlrd turardi.

Telegram ↗
Tanishuv·

Beshta yetakchi AI modeli tanishuv ilovasida odamlar bilan muloqot qildi — olti kunda 355 kishi ularga telefon raqamini yubordi.

Faqat 8 kishi soʻradi: bot bilan gaplashyaptimi? Modellar soʻralsa AI ekanini tan olishi shart edi, firibgar esa bunday qilmasdi.

Telegram ↗
Strategy·

Bitcoinning eng yirik korporativ egasi Strategy MSCI indekslaridan chiqarilmoqda. Bu 30-noyabr kuni savdo yopilgach amalga oshadi. Indeks provayderi yangi qoidalarga koʻra asosan investitsiya aktivlariga egalik qiluvchi kompaniyalar fondlar bilan tenglashtirilishini aytdi.

JPMorgan hisob-kitobiga koʻra, indeks fondlari kompaniyaning 2,8 mlrd dollarlik aksiyalarini sotishi mumkin. Strategy bitcoin xaridining bir qismini yangi aksiyalar chiqarish hisobiga moliyalashtiradi, shuning uchun talab susaysa, kelgusi xaridlar kamayishi mumkin.

Telegram ↗